Hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
08.09.2026 / 18:44
12
Odil sudlov akademiyasida Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminar-treningdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining ilmiy, innovatsiyalar va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha prorektori N.Salayev bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy va axborot-tahliliy yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy axborot resurslari va raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusida mutaxassislar uchun amaliy seminarlar, treninglar va boshqa qo‘shma loyihalarni muntazam tashkil etish, tajriba almashish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI