Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirgan Farmon

18.03.2026 / 17:55
29
#

Pedofiliya (voyaga yetmagan shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish) uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi haqida Prezident Farmonida belgilab berildi.

Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qilish va uyatsiz-buzuqlik harakatlarini sodir etish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etgan taqdirda ularga tegishincha umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanadi:

— o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish;

— o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish;

— o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuqlik harakatlarini bir guruh shaxslar tomonidan sodir etganlik uchun og‘irroq javobgarlikni belgilash, shuningdek, tergov va sud amaliyotidan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksining 129-moddasi dispozitsiyasiga aniqlik kiritish.

Prezident Farmonining mazkur bandi voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish yo‘lidagi qat’iy qadamdir. Ularga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan va avval ham sudlangan shaxslarga nisbatan umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilishi adolat tamoyillarini mustahkamlaydi, jazoni muqarrarligini ta’minlaydi hamda bunday jinoyatlarning oldini olishda kuchli to‘siq bo‘lib xizmat qiladi.

E’tiborli jihati shundaki, umrbod qamoq jazosi birinchi marta jinoyat sodir etilganda qo‘llanilmaydi. Agar shaxs ushbu jinoyat uchun muqaddam sudlangan bo‘lib, keyinchalik yana shu turdagi jinoyatni sodir etsa, shundagina unga umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.Farmon