Amaldagi sudyalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi

04.08.2026 / 20:58
26
#

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–141-son Farmonining 8-bandiga muvofiq, amaldagi sudyalar uchun Oliy sud tomonidan belgilanadigan murakkab toifadagi ishlar yuzasidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida amaldagi sudyalar uchun onlayn qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari uchun “Er-xotin o‘rtasidagi umumiy mulkni bo‘lishga oid nizolarni sudda ko‘rish amaliyoti”, iqtisodiy sudlar sudyalari uchun esa “Davlat xaridlari yuzasidan kelib chiqadigan nizolar” mavzularida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlari Akademiya dotsenti E.Sabirov, Oliy sud sudyasi O'.Razikov, Akademiya o‘qituvchisi R.Berdiyarov hamda Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari B.Isroilov tomonidan olib borildi.

Ushbu kurslar sudyalar tomonidan murakkab toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishda yagona sud amaliyotini shakllantirish, qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llash hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097