⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!

Akademiyada yangi tayinlovlar hamda moʻtabar ustozga yuksak ehtirom

06.02.2026 / 20:03
15
#

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida muhim tashkiliy va maʼnaviy ahamiyatga ega tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akademiyaning O‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori, Ilmiy, innovatsiyalar va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha prorektori, shuningdek Matbuot kotibi lavozimlariga tayinlangan masʼullar Akademiya jamoasiga rasmiy ravishda tanishtirildi.

Shundan so‘ng tadbir ilmiy va maʼnaviy muhitda davom ettirilib, o‘zining 60 yillik muborak tavalludini qarshi olgan, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, milliy yuridik fan rivojiga zalvorli hissa qo‘shgan ustoz Nasriyev Ilhom Ismailovichni qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yubiley munosabati bilan davlat idoralari va tashkilotlar vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda jamoa aʼzolari tomonidan Ilhom Ismailovichga samimiy tabriklar va iliq tilaklar bildirildi. Ustozning ko‘p yillik mehnat faoliyati, ilmiy va pedagogik xizmatlari yuksak eʼtirof etilib, chuqur minnatdorchilik izhor etildi.

Tabrik so‘zlarida uning huquq ilmi, qonun ustuvorligi va adolatli sudlov g‘oyalariga bag‘ishlangan sermazmun hayot yo‘li, fuqarolik huquqi, shaxsiy nomulkiy va mualliflik huquqi hamda huquqiy siyosat sohalaridagi fundamental tadqiqotlari milliy yuridik fan taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, Ilhom Ismailovichning sudyalik va qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati, ayni paytda Odil sudlov akademiyasida Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri hamda Ilmiy kengash raisi sifatidagi samarali mehnati bo‘lajak sudyalar va yosh olimlar uchun haqiqiy ustozlik maktabi ekani qayd etildi.

Tadbir yakunida ustozga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va ilmiy-pedagogik faoliyatda yangi yutuqlar tilak qilindi.