Akademiyada "Wakil AI" sun'iy intellekt platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Odil sudlov akademiyasida Wakil AI sun'iy intellekt platformasini ishlab chiqqan mutaxassislar ishtirok etib, mazkur mahsulotning imkoniyatlari, ishlash tamoyillari hamda huquqiy faoliyatda qo‘llash istiqbollari yuzasidan taqdimot o‘tkazdilar.
Taqdimot davomida platforma yordamida huquqiy ma'lumotlarni tezkor izlash, qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va boshqa intellektual xizmatlarni amalga oshirish imkoniyatlari namoyish etildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga sun'iy intellekt texnologiyalarini sud-huquq sohasida samarali qo‘llash, ularning afzalliklari hamda amaliyotdagi ahamiyati xususida batafsil ma'lumot berildi. Tadbir yakunida Akademiya professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.
Boshqa yangiliklar
-
AQSH UNIVERSITETI VAKILI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
-
MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIDA
-
“INSON” MARKAZLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MALAKA OSHIRISH KURSLARI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
-
Sud-huquq sohasida zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha xalqaro muloqot samarali kechdi.
-
SUDYANING HALOLLIGI, XOLISLIGI VA YUKSAK MA’NAVIY-AXLOQIY SAVIYASI MUHOKAMA QILINDI