Akademiya xodimalari nufuzli xalqaro treningda ishtirok etdi
04.07.2026 / 18:06
19
2026-yil 2–3-iyul kunlari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida huquqni muhofaza qilish va sud tizimida faoliyat yuritayotgan ayol mutaxassislar uchun “Ayollar o‘rtasida liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida ikki kunlik xalqaro trening tashkil etildi.
Treningda Odil sudlov akademiyasining ayol xodimalari ham faol ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlarni Buyuk Britaniyadan xalqaro ekspert Keyt Meynell hamda Ispaniyadan xalqaro ekspert Montserrat Pina olib bordi.
Trening davomida ishtirokchilar liderga qo‘yiladigan zamonaviy talablar, shaxsiy liderlik salohiyatini aniqlash va rivojlantirish, samarali muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, kasbiy charchash (burnout) sindromining oldini olish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlarida ayollar liderligini rivojlantirish strategiyalari yuzasidan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamladi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”