AKADEMIYA VA UNODC: XALQARO HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI
Odil sudlov akademiyasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) Odam savdosi va migrantlarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish seksiyasi guruhi rahbari Y. Markes hamda ekspert-maslahatchi S. Kozeshnik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda sudyalar ta’limini rivojlantirish, xalqaro ekspertlik tajribasini joriy etish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Akademiya tomonidan hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlar taklif etildi:
⏺ Akademiya professor-o‘qituvchilarini xalqaro ta’lim dasturlariga ekspert va trener sifatida jalb etish;
⏺ Sudyalar uchun odam savdosi va migrantlarni noqonuniy olib kirish bilan bog‘liq jinoyat ishlariga oid ixtisoslashtirilgan treninglar tashkil etish;
⏺ Xalqaro sud amaliyoti va jabrlanuvchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma o‘quv dasturlari hamda metodik materiallar ishlab chiqish;
⏺ Professor-o‘qituvchilarning xalqaro trenerlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Training of Trainers” dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Uchrashuv yakunida sudyalar malakasini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etish va Akademiyaning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Boshqa yangiliklar
-
LONDONDA OʻZBEKISTON OLIY SUDINING SIFoCCga AʼZOLIGI EʼLON QILINDI
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI REKTORI XALQARO “BIZNESDA HALOLLIK” FORUMIDA ISHTIROK ETDI
-
Sudya faoliyatida psixologik muvozanat: ruhiy barqarorlik va adolatli qarorlar sari
-
AKADEMIYANING STRATEGIK REJALARI VA USTUVOR VAZIFALARI MUHOKAMA QILINDI
-
Sudyalar dona surib, mahoratlarini namoyon etdilar