ODIL SUDLOV AKADEMIYASI REKTORI XALQARO “BIZNESDA HALOLLIK” FORUMIDA ISHTIROK ETDI

23.11.2026 / 22:18
14
#

 Toshkent shahrida “Toza biznes: halol tadbirkorlikning yangi standarti” mavzusida V xalqaro “Biznesda halollik” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori Sh.Abduqodirov ham ishtirok etdi.

Xalqaro forumda davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, biznes hamjamiyati va xorijiy kompaniyalar vakillari jamlanib, tadbirkorlik faoliyatida halollik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, korporativ boshqaruv va komplayens tizimlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Forum doirasidagi sessiyalarda xalqaro investorlar talablari, O‘zbekiston kompaniyalarining global bozorlarga chiqish imkoniyatlari, biznes muhitida ishonchni mustahkamlash hamda zamonaviy korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni joriy etish yuzasidan fikr va tajribalar almashildi.

Bunday xalqaro muloqot maydonlari qonun ustuvorligi, shaffoflik va halollik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097