AKADEMIYANING STRATEGIK REJALARI VA USTUVOR VAZIFALARI MUHOKAMA QILINDI
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Akademiya Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibidan Akademiyaning joriy faoliyati, ta’lim jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda tarkibiy bo‘linmalar oldida turgan dolzarb vazifalarga oid masalalar o‘rin oldi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning ma’ruza va axborotlari tinglanib, amalga oshirilayotgan ishlar natijalari, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, Akademiya faoliyatining samaradorligini oshirish, ta’lim va ilmiy yo‘nalishlardagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Boshqa yangiliklar
-
Sudyalar dona surib, mahoratlarini namoyon etdilar
-
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari o‘tkazildi
-
Jinoyat qonunchiligining dolzarb masalalari muhokama markazida
-
Sudyalar uchun gender stereotiplari va kamsitishga qarshi kurashish bo‘yicha trening yakunlandi
-
Oliy sud sudyalari tomonidan mahorat darslari o‘tkazilmoqda