Sudyalar dona surib, mahoratlarini namoyon etdilar

21.11.2026 / 20:48
28
#

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan Odil sudlov akademiyasida respublikamiz sudyalari ishtirokida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 40 nafardan ortiq sudya ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va shaxmat mahorati bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar uchun nafaqat intellektual bellashuv, balki hamkasblar bilan samimiy muloqot va do‘stona aloqalarni mustahkamlash imkoniyati ham yaratildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097