AKADEMIYA VA TDYU O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida tomonlar o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, ta’lim va ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Xususan:
• talabalarning amaliyotini samarali tashkil etish;
• kazuslar va imitasion mashg‘ulotlarni hamkorlikda o‘tkazish;
• qo‘shma magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
• xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
• normativ-huquqiy hujjatlar sharhlarini birgalikda tayyorlash;
• ikki tomonning yetakchi mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish jarayonlarini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida hamkorlikning har ikki tomon uchun manfaatli jihatlari alohida ta’kidlanib, o‘zaro ishonch va hamjihatlik ruhidagi fikrlar bildirildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”