Toshkent viloyati sudida sudyalar uchun muhim psixologik trening o‘tkazildi

17.09.2026 / 23:43
17
#

Odil sudlov akademiyasi mutaxassisi ishtirokida Toshkent viloyati sudida «Sudyalarning psixologik barqarorligini ta’minlash» mavzusida mahorat darsi va seminar-trening tashkil etildi.

Sudyalik kasbi nafaqat qonunlarni mukammal bilishni, balki yuqori stress va kuchli ruhiy bosim ostida ham to‘g‘ri qaror qabul qila olishni talab etadi.

Seminar davomida soha mutaxassislari va psixologlar sudyalarga ish jarayonidagi emotsional toliqishning oldini olish, hissiyotlarni boshqarish va murakkab vaziyatlarda vazminlikni saqlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berishdi.

Treningning asosiy mavzulari:

✅Stressni yengish: Ish hajmi ko‘pligida ruhiy charchoqdan xalos bo‘lish usullari.

✅Nizoli vaziyatlar: Sud majlisi qatnashchilari bilan muloqotda vazminlikni saqlash.

Diqqatni jamlash: Qaror qabul qilishda hissiyotlarga berilmaslik va xolislikni ta’minlash.

Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar sudyalarning nafaqat ruhiy salomatligini asrashga, balki viloyatimizda odil sudlov sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097