Tayinlov
Odil sudlov akademiyasining o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga Aripov Dilshod Urinbayevich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Aripov Dilshod Urinbayevich O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida ilmiy va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
_________________________________________________________________________________________________________________________
Odil sudlov akademiyasining ilmiy, innovatsion va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha prorektori tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi ilmiy, innovatsion va axborot-tahliliy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga Salayev Nodirbek Saparbayevich tayinlandi.
Tayinlovga qadar Salayev Nodirbek Saparbayevich Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish shoʻbasi professori lavozimida faoliyat yuritgan.
_______________________________________________________________________________________________________________________________
Odil sudlov akademiyasining matbuot kotibi tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi matbuot kotibi lavozimiga Jumayev Ma’rufjon Sharifjon o‘g‘li tayinlandi
Mazkur tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasiga asosan amalga oshirildi.
Tayinlovga qadar M.Jumayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruv akademiyasi matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”