O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston — 2030" strategiyasining "QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH"
84-maqsad — Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish
✅Jinoyat ishi yurituvida yarashuv institutidan foydalanish imkoniyatini 20 foizga oshirish
✅Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlaridan foydalanish darajasini 50 foizga yetkazish
85-maqsad — Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish
✅Maʼmuriy sudlarda ishlarning kelishtirish choralari orqali hal etilish darajasini 50 foizga oshirish
86-maqsad — Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish
✅Fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi interaktiv xizmatlar sonini 19 taga yetkazish
88-maqsad — Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish
✅Fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasini 50 foizga yetkazish
Boshqa yangiliklar
-
AKADEMIK HALOLLIK — UMUMIY MAS’ULIYAT
-
Amaldagi sudyalar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari boshlandi
-
Odil sudlov akademiyasi qariyb 3,6 milliard so‘mlik grantlarni qo‘lga kiritdi
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasbiy salohiyat mustahkamlandi
-
Ayol sudyalarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida yangi hamkorlik