Odil sudlov akademiyasi vakillari xalqaro o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi
Avval xabar berganimizdek, Turkiya Respublikasida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturi doirasida tadbir o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv dasturida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyasi A.Xamrayev, Akademiya prorektori N.Salayev, kafedra mudiri D.Israilov hamda professor-o‘qituvchi S.Mamadiyev ishtirok etdi.
Dastur davomida inson huquqlari sohasiga oid dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi, Turkiy davlatlar sud-huquq kadrlarini tayyorlash tarmog‘iga a’zo mamlakatlar vakillari bilan o‘zaro tajriba almashildi, zamonaviy yondashuvlar hamda ilg‘or amaliyotlar muhokama qilindi.
O‘quv dasturi yakunida delegatsiya a'zolariga mazkur xalqaro o‘quv dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.
Xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etish Akademiya vakillarining kasbiy salohiyatini yanada oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda sud-huquq tizimida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”