Odil sudlov akademiyasi qariyb 3,6 milliard so‘mlik grantlarni qo‘lga kiritdi
03.08.2026 / 20:28
12
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining “Sudyalik lavozimiga nomzodlarning psixologik portretini shakllantiruvchi elektron dastur” hamda “Sud muhokamasi simulyatsiyasi” elektron platformasini ishlab chiqish loyihalari g‘olib deb topildi.
Mazkur ikki loyiha uchun jami 3 milliard 593 million 651 ming so‘mlik davlat granti qo‘lga kiritildi.
2026–2028-yillarda amalga oshiriladigan ushbu loyihalar sudyalik lavozimiga nomzodlarni zamonaviy yondashuvlar asosida baholash, sudyalar va sudyalikka nomzodlarning malakasini oshirish hamda sud tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Boshqa yangiliklar
-
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida kasbiy salohiyat mustahkamlandi
-
Ayol sudyalarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lida yangi hamkorlik
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI: INNOVATSIYA, OCHIQLIK VA AMALIY NATIJALAR
-
Akademiyada "Wakil AI" sun'iy intellekt platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
-
Odil sudlov akademiyasi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi