Ko‘p kvartirali uy-joy majmualarini qurishda yangi mexanizmlar joriy etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 73-son qaroriga muvofiq ko‘p kvartirali uy-joy majmualarini qurishda yangi tartiblar belgilandi.
Qarorga ko‘ra, investitsiya kompaniyalari tomonidan kompleks qurilish hududlaridagi ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining kamida 80 foizi bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimlari tuzilgandan so‘ng loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Kelishuvga erishilmagan holatlarda esa kompensatsiya miqdorini belgilash masalasi sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, qurilish jarayonlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida yashil hududlarni kengaytirish hamda ekobog‘lar barpo etish vazifalari ham belgilangan.
Qarorda raqamlashtirish va shaffoflikni ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilib, “Shaffof qurilish” va “Uy-joy” yagona platformalarining integratsiyasi qurilish jarayonlari ustidan jamoatchilik va davlat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, “Urbanizatsiya laboratoriyasi” (Urban Lab) kabi tuzilmalarni tashkil etish orqali ko‘chmas mulk bozorini ilmiy asosda tahlil qilish hamda narxlarning sun’iy oshirilishining oldini olish ko‘zda tutilgan.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”