FAXRIY SUDYALAR ARDOQDA
Bugun Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan Odil sudlov akademiyasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Dilbar To‘xtamishevnaga bag‘ishlangan “Adolatning bir dilbari” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda sud-huquq tizimining bir qator faxriylari va amaldagi vakillari, tinglovchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Mazkur kitobda Dilbar Murodovaning hayot yo‘li, sud-huquq tizimidagi ko‘p yillik samarali faoliyati hamda mas’uliyatli lavozimlardagi xizmatlari batafsil yoritilgan.
Shuningdek, unda qahramonning insoniy fazilatlari — kamtarlik, matonat, halollik va jamiyat manfaatlariga sadoqat kabi jihatlar alohida ochib berilgan.
Unda uning faoliyati shunchaki xizmat pillapoyalari emas, balki adolat yo‘lida olib borilgan fidokorona mehnat va izchil kurash sifatida tasvirlangan.
Mazkur nashr nafaqat sudyalar, balki keng kitobxonlar uchun ham mo‘ljallangan bo‘lib, unda adolat, halollik va mas’uliyat kabi qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rni hayotiy misollar orqali yoritilgan.
Mazkur tadbir va kitob yosh soha vakillari hamda tinglovchilar uchun ilhomlantiruvchi manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Boshqa yangiliklar
-
SUD PSIXOLOGIYASI SOHASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI — UI GREENMETRIC XALQARO REYTINGIDA TOP-1000 TALIKDAN O‘RIN EGALLADI
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi
-
XXR elchisi bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
-
“Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”