Akademiyada xalqaro o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Raqamli odil sudlov: xalqaro standartlar, axborot xavfsizligi va inson huquqlari” mavzusidagi xalqaro o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Uch kun davom etgan mazkur o‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar xalqaro huquq standartlari, sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari, raqamli kriminalistika, kiberjinoyatlarning oldini olish va ularni aniqlash, shuningdek, raqamli dalillar bilan ishlashning zamonaviy usullari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
⚔️O‘quv mashg‘ulotlari davomida tinglovchilar uchun nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv muhokamalar va tajriba almashuvlar tashkil etildi. Bu esa ishtirokchilarning sud-huquq sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni chuqurroq anglashiga xizmat qildi.
🏆Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘quv kursining yuqori saviyada tashkil etilgani, mazmunan boy va dolzarb mavzular qamrab olinganini alohida ta’kidlab, tashkilotchilarga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Shuningdek, ular sud-huquq tizimidagi islohotlar, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni yuqori baholadilar.
📈Mazkur xalqaro o‘quv kursi sud-huquq sohasida ilg‘or tajriba almashish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ishtirokchilar o‘rtasida mustahkam professional aloqalarni o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Boshqa yangiliklar
-
Akademiyada nufuzli xalqaro o‘quv kursi boshlandi
-
Odil sudlov akademiyasida Ispaniyaning Salamanka universiteti professorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
-
Odil sudlov akademiyasi vakillari xalqaro o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunladi
-
Sud hokimiyatida kadrlar bilan ishlash tizimi takomillashtiriladi
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASI BITIRUVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI