O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi O‘RQ–1121-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish:
— fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish:
— BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq bilan jazolanishi belgilandi.
Amaldagi tahrirda fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan taqdirda:
BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima, yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari, yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilandi.
Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Amaldagi tahrirda jarimaning eng kam miqdori BHMning 25 baravari etib belgilangan.
Boshqa yangiliklar
-
Суд тизимида очиқлик ва самарали коммуникация: махсус ўқув курси ўз ишини бошлади
-
Prezidentimizning yangi Farmoni mamlakatimizda moliyaviy sektorni yangi bosqichga olib chiqadigan hujjat
-
Ayollar va bolalarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
-
Ko‘p kvartirali uy-joy majmualarini qurishda yangi mexanizmlar joriy etiladi
-
Yashirin og‘riq — oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik