Odil sudlov akademiyasi va TIKA o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
19.08.2026 / 15:22
18
Akademiyada Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TİKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Ajar Ergin xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Akademiya va TIKA o‘rtasidagi mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirish, sudyalarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy sud ta’limi tajribasini o‘rganish, akademik almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiyaning sud ta’limi sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda ikki tomonlama tajriba almashinuvini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni uzoq muddatli va samarali sheriklik asosida davom ettirish, yangi qo‘shma tashabbuslar va amaliy loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.