Kafedralar
Obidov Tolibjon Avazxonovich
Kafedra mudiri
Tarkibiy bo'linma: Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi
Ilmiy daraja: Yuridik fanlari falsafa doktori (PhD)
Telefon: (55) 501-01-88
Elektron pochta: t.obidov@sudacademy.uz
Omonov Zafarjon Raxmonalievich
Professor-o‘qituvchi
Tarkibiy bo'linma: Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi
Ilmiy daraja: Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: (55) 501-01-88
Elektron pochta: z.omonov@sudacademy.uz
Mamadiev Sarvar Nosirjonovich
Professor-o‘qituvchi
Tarkibiy bo'linma: Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Ilmiy daraja: Yuridik fanlar nomzodi
Telefon: (55) 501-01-88
Elektron pochta: s.mamadiev@sudacademy.uz
Kafedra va uni tashkiliy huquqiy asosi:
“Jinoyat-huquqiy fanlar” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan.
Kafedra o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, Akademiya Ustavi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Kafedrada jinoyat huquqi va protsessi, jinoyat-ijroiya huquqi, ma’muriy huquqbuzarlikka oid hamda sud-huquq sohasidagi islohotlarning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi.
Kafedra o‘z faoliyatini Akademiya rektori rahbarligida amalga oshiradi va unga bo‘ysunadi.
Tuzilmaning rasmiy nomi:
davlat tilida – Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi;
rus tilida – Kafedra ugolovno-pravovykh distsiplin;
ingliz tilida – Department of Criminal Law Disciplines.
Kafedraning vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar kafedraning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish, sudyalarni rahbarlik lavozimlariga qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash kurslarini qonunchilikni qo‘llash ko‘nikmasining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlagan holda “nazariya-amaliyot-imitatsiya” tamoyili asosida dual ta’lim shaklida tashkil etish;
kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining amaliy ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlarni deontologik uslubda o‘tkazish, bunda tinglovchilarning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura, sud-ekspertiza va boshqa davlat organlari va muassasalari faoliyatida bevosita ishtirok etishini ta’minlash;
kasbiy qayta tayyorlash kurslarida sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish va sudyaning protsessual harakatlarini tahlil qilish imkonini beruvchi “virtual sud” mashg‘ulotlarini joriy etish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv darslarini tashkil etish;
ish yuritish va tanqidiy tahlil qilish, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda asoslantirilgan qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradigan interfaol o‘qitish usullarini ta’lim jarayoniga joriy etish;
tinglovchilarda yurisprudensiya, kasbiy etika, kasbiy psixologiya, ishga oid muloqot, vaqtni boshqarish, muzokaralar olib borish usullari, axborotlar bilan ishlash texnologiyalari, huquq normalarini sharhlash va qo‘llashga doir nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish;
muntazam ravishda sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
tinglovchilarni qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, milliy va xorijdagi huquqni qo‘llash amaliyoti holati va tendensiyalari, shuningdek, qonun ijodkorligi faoliyati sohasidagi tajriba bilan tanishtirish;
tajriba almashish, ta’lim jarayoni sifatini oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Akademiya ta’lim jarayonini sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida jinoyat yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-amaliy darajada o‘tkazish;
kafedra ilmiy salohiyatini kuchaytirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish, ilmiy loyihalarni jalb etish hamda fan va amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta’minlash;
jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar, sudyalikka nomzodlar va sud tizimi xodimlari uchun namunaviy o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish;
boshqa ta’lim muassasalarining turdosh kafedralari tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;
o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash;
nashr etiladigan o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tayyorlash;
tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya etish va ularning natijalarini huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish, ta’lim, fan va huquqiy amaliyotning uzviyligini ta’minlash;
kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy-tadqiqot va huquqiy targ‘ibot ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish;
masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli takliflar berish;
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, davlat dasturlari, boshqa rahbariy hujjatlar va topshiriqlar ijrosini bajarish bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
kafedra professor-o‘qituvchilarining muntazam ravishda malakasini oshirib turishiga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, chet ellik ekspert mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish;
kafedrada o‘qitiladigan mavzular bo‘yicha yakuniy imtihon (sinov) savollari, test savollari va kazuslar tuzish hamda ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish;
Akademiyaning axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-amaliy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borishga ko‘maklashish.