Bo'limlar

#

Komiljonov Muslimbek Qobiljon o‘g‘li

Devonxona va arxiv mudiri

Tarkibiy bo'linma: Devonxona va arxiv

Ilmiy daraja: Huquq magistri

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: m.Komiljonov@sudacademy.uz

Devonxona va arxiv haqida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–141-sonli Farmoniga asosan Devonxona va arxiv Akademiyaning tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil etilgan va faoliyat olib bormoqda.

Devonxona va arxivning maqsadi – Akademiyada ish yuritishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘g‘ri tashkil etish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish, shuningdek Akademiyaning ish hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash, ulardan to‘g‘ri foydalanish hamda davlat tomonidan saqlashga topshirishni amalga oshirishdan iborat.

Quyidagilar Devonxona va arxivning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:

·     Akademiyaga kelib tushgan barcha xat-hujjatlarni (murojaatlar, hujjatlar, xatlar, boshqa yozishmalar) tegishli qayd etish kitoblarida va elektron dasturlarda ro‘yxatga oladi va ularning yagona hisobini yuritadi;

·     ro‘yxatga olingan xat-hujjatlarga fishka qo‘yadi va rektorga imzolash uchun taqdim qiladi;

·     Akademiyaga kelib tushgan xat-hujjatlarni tegishligiga qarab ijrochilarga topshiradi;

·     Akademiyadan jo‘natilayotgan xat-hujjatlarni ijrochilardan belgilangan tartibda qabul qilib olib, ro‘yxatga oladi va ularni tegishli manzillarga o‘z vaqtida jo‘natilishini taʼminlaydi;

·     kelib tushgan va jo‘natilayotgan xat-hujjatlarning to‘liq hisobga olinishini taʼminlaydi;

·     barcha xat-hujjatlar hisobini olib boradi va ularning ijrosi to‘g‘risida Akademiya rektoriga maʼlumot berib turadi;

·     bo‘limlar  faoliyatiga tegishli bo‘lgan  hamda matnida Akademiyaga bevosita topshiriq mavjud bo‘lgan  hujjatlarning bajarilishi tashkil etilishini nazoratga oladi;

·     devonxonaga tegishli bo‘lgan  barcha hujjatlarni belgilangan tartibga rioya qilgan holda sifatli va tartibli saqlaydi;

·     Akademiyaning tarkibiy tuzilmalari tomonidan so‘ralgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;

·     devonxonada ro‘yxatga olingan barcha kirim-chiqim xat-hujjatlarni tegishli ish jildlariga tikadi va ularning belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlaydi;

·     Akademiyaning arxiv hujjatlarini jamlaydi, hisobga oladi, saqlaydi va ulardan foydalanishni amalga oshiradi;

·     arxiv hujjatlarini saqlashda, foydalanishda hamda ularni davlat arxiviga topshirishda tegishli qonun hujjatlariga amal qiladi;

·     arxiv hujjatlarining but saqlanishini taʼminlaydi;

·     arxiv hujjatlarini o‘z vaqtida davlat arxiviga topshirishni taʼminlaydi;

·     Akademiya rektori ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097