Bo'limlar

#

Palvanov Izzat To‘raevich

Bo‘lim boshlig‘i

Tarkibiy bo'linma: Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Ilmiy daraja: O‘quv-uslubiy bo‘lim

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: i.palvanov@sudacademy.uz

#

Davronov Azizbek Baxodir o‘g‘li

Bosh mutaxassis

Tarkibiy bo'linma: Oʻquv-uslubiy boʻlim

Ilmiy daraja: -

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: a.davronov@sudacademy.uz

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi O‘quv-uslubiy bo‘lim;

Asosiy maqsadi va vazifalari

Bo‘limning asosiy maqsadi

O‘quv-tarbiya va ilmiy-metodik jarayonlarni zamonaviy pedagogik, innovatsion hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (shu jumladan, sun‘iy intellekt) asosida samarali tashkil etish va boshqarish orqali sud tizimi uchun yuksak ma‘naviy-axloqiy fazilatlarga, mustaqil, xolis va adolatli qarorlar qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan yuqori malakali sudyalar, sud apparati xodimlari hamda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning olti oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida, sudya va sud apparati xodimlarining majburiy malakasini oshirish kurslarida, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalar davomiyligi ikki oygacha bo‘lgan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash hamda “Sud faoliyati” magistratura mutaxassisligi ta‘lim oluvchilarining axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va monitoringini olib borish;

o‘quv jarayonini nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta‘minlaydigan o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalar asosida, shuningdek tinglovchilarda tahliliy fikrlash va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etish;

dars jadvalini ishlab chiqish, o‘quv xonalari fondi hisobini yuritish va ulardan unumli foydalanishni tashkil etish;

tinglovchilarning o‘quv-metodik faoliyatiga ko‘maklashish;

o‘quv va ilmiy-metodik ishlarga doir hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta‘minlash;

tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish ishlarini tashkil etish, attestatsiya komissiyalari raislarining hisobotlari asosida ularning natijalarini tahlil qilish;

akademik almashinuvini ta‘minlash bo‘yicha etakchi xorijiy ilmiy-ta‘lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tinglovchilarning nazariy bilimlarni qonunchilik faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini ta‘minlash maqsadida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura va boshqa tashkilotlar bilan faol hamkorlikni amalga oshirish;

tinglovchilar tomonidan akademiyaning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini ta‘minlash;

magistratura talabasi tomonidan tanlangan va tegishli mutaxassislik bo‘yicha kafedralar tomonidan ma‘qullangan magistrlik dissertatsiyasi mavzulari va ilmiy rahbarlarni (ilmiy maslahatchilar) tasdiqlash uchun akademiya rahbariyatiga taqdim etish;

o‘quv yuklamalarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

bo‘limga biriktirilgan auditoriya fondi holati bo‘yicha nazorat olib borish, auditoriyalarning holatini yaxshilash yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar berish;

boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda o‘quv jarayonida o‘qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash kurslarida hamda “Sud faoliyati” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kurslarida o‘qitish uslubiga qo‘yiladigan talablar, o‘quv rejalari va dasturlari, yangi darsliklar, o‘quv-uslubiy to‘plamlar, video-materiallar, tavsiyanomalar, me‘yoriy hujjatlar mazmuni bilan kafedra professor-o‘qituvchilarini xabardor qilib borish;

o‘quv fanlaridagi yangiliklar, ta‘lim-tarbiya ishlari bo‘yicha ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ish tajribalarni o‘rganishga, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan O‘quv-uslubiy seminarlarni tashkil etish va o‘tkazish;

ta‘lim samaradorligini oshirish, ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan metodik yo‘riqnomalar, tavsiyalar ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;

sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudya va sud apparati xodimlarida zamonaviy axborot texnologiyalari va sun‘iy intellekt imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, metodlari joriy etishda professor-o‘qituvchilarga ko‘maklashish;

sud tizimi uchun har tomonlama etuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish; 

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxira bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta‘lim oluvchilarda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirishga qaratilgan dasturlarni joriy etish; 

sud faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan ta‘minlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ko‘maklashish;

bo‘lajak sudyalarda mustaqil, xolis, begaraz, faqat qonunga tayangan holda va adolat bilan ish yuritishning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interfaol o‘qitish uslublarini ta‘lim jarayoniga tatbiq etish;

qonunchilikni qo‘llash ko‘nikmasining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta‘minlagan holda “nazariya-amaliyot-imitatsiya” tamoyili asosida dual ta‘lim shaklida tashkil etish;

tinglovchilarning amaliy ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar deontologiya uslubda o‘tkazish;

sud tizimi uchun har tomonlama etuk, zamonaviy bilim va zarur kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarda sudyalik kasbiy madaniyatini shakllantirish;

bo‘lajak sudyalarda mustaqil, xolis, begaraz, faqat qonunga tayangan holda va adolat bilan ish yuritishning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;

tinglovchi va talabalarda yuksak ma‘naviy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

sud faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta‘minlash;

zamonaviy axborot texnologiyalari va sun‘iy intellekt imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;

xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasini shakllantirish;

ilk bor sudya sifatida faoliyatini olib borish malakasi va sud faoliyatini tashkil etish ko‘nikmasini rivojlantirish;

sud amaliyoti va statistikasini o‘rganish va umumlashtirish, tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

kasbiy etika, psixologiya, ishchanlik muloqoti va vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini hosil qilish;

huquq normalariga sharh berish va qo‘llash amaliyotini o‘zlashtirish;

sud jarayonini tashkil qilish va boshqarish, muzokaralar olib borish, protsessual va boshqa hujjatlarni amalda to‘g‘ri tatbiq qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, nizoli masalalarga qonun normalarini to‘g‘ri qo‘llash;

metodik xizmat ko‘rsatish va malaka oshirishning samaradorligiga erishishda hamkorlik faoliyatini uyg‘unlashtirish;

bo‘lim professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirishda hozirgi zamon ijtimoiy va ilmiy texnika taraqqiyotiga javob beradigan ilg‘or shakllarni, pedagogik texnologiya, innovatsiyalarni ta‘limning texnika va axborot vositalarini joriy etish;

innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda asoslantirilgan qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradigan interfaol o‘qitish usullarini ta‘lim jarayoniga joriy etish;

tajriba almashish, ta‘lim jarayoni sifatini oshirish bo‘yicha sa‘y-harakatlarni birlashtirish maqsadida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Rivojlanish bosqichlari va ustuvor yo‘nalishlari

Akademiyaning O‘quv-uslubiy bo‘lim faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF–141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida yangi bosqichga ko‘tarildi.

Sifatli ta‘lim va malaka oshirishni tashkil etish: Sudyalikka nomzodlar, sudyalar, sud apparati xodimlari hamda magistratura talabalarining o‘quv jarayonini “nazariya – amaliyot – imitatsiya” (dual ta‘lim) tamoyili asosida tizimli boshqarish.

Zamonaviy ta‘lim metodlari va texnologiyalarni joriy etish: Ta‘limda interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya va sun‘iy intellekt imkoniyatlarini keng qo‘llash orqali tinglovchilarda tahliliy va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish.

Kasbiy madaniyat va etikani shakllantirish: Tinglovchilarda sudyalik kasbiy madaniyati, odobi, korrupsiyaga qarshi kurashish, xolislik va adolat mezonlariga rioya qilish fazilatlarini mustahkamlash.

Metodik hamkorlik va akademik almashinuv: Xorijiy va mahalliy etakchi ta‘lim-tadqiqot muassasalari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan samarali idoralararo va akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097