Bo'limlar
Azizov Xudoyqul Tojievich
Dekan
Tarkibiy bo'linma: Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti
Ilmiy daraja: Yuridik fanlar nomzodi, professor
Telefon: (55) 501-01-88
Elektron pochta: x.azizov@sudacademy.uz
Fakultet haqida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF–141-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tashkil etilgan. Fakultetning tarkibiy tuzilmasi dekan va kotib-ish yurituvchidan iborat bo‘lib, Fakultetni Akademiya rektori tomonidan tayinlangan fakultet dekani boshqaradi.
Tuzilmaning rasmiy nomi:
davlat tilida – Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti;
ingliz tilida – Faculty of Advanced Training and Retraining;
rus tilida – Fakultet povisheniya kvalifikatsii i perepodgotovki.
Fakultetning maqsadi – sud tizimiga malakali kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar va sudya hamda sud xodimlarining strategik fikrlash salohiyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy boshqaruv texnologiyalari, siyosiy tahlil usullari, innovatsion yondashuvlar va samarali qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirishdan iborat. Fakultet qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim dasturlari asosida sudya va sud xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan taʼlimiy va amaliy-imitatsion faoliyatni amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar jarayonida samarali odil sudlovni amalga oshirishda sudya va sud xodimlarini malakali professional kasbiy qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Fakultetning asosiy vazifalari va funksiyalari:
Fakultet o‘z faoliyatida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tinglovchilarning maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan rivojlanishiga ko‘maklashadi hamda ularda milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlaydi.
O‘quv jarayonini zamonaviy va o‘qitishning innovatsion metodlari asosida, demokratik va huquqiy islohotlar rivojlanishining yuksak talablari va zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan tarzda tashkil etadi va yuqori malakali sudya va sud xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tegishli ishlarni olib boradi.
Kasbiy qayta tayyorlash kurslarini qonunchilikni qo‘llash ko‘nikmasining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlagan holda “nazariya – amaliyot-imitatsiya” tamoyili asosida dual taʼlim shaklida tashkil etadi, tinglovchilarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etadi va kafedralarning ilmiy salohiyatini kuchaytirishda faol ishtirok etadi.
Shuningdek, zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy madaniyatga va amaliy ish tajribasiga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash, ularning stajirovkasi bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish yuzasidan takliflar kiritadi, taʼlim sifatini baholash va uning tahlilini olib borish, boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Fakultet sud tizimidagi sudya va sud xodimlari zaxirasini shakllantiradi, istiqbolli rahbarlarni tayyorlaydi hamda ularning malakasini uzluksiz oshirib boradi, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-taʼlim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali sud-huquq sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani milliy amaliyotga tatbiq etadi.
Bundan tashqari, Fakultet mahalliy va xalqaro taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik o‘rnatadi hamda tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi, tinlovchilarning bilim va malakalarini muntazam ravishda monitoring qiladi.
O‘quv jarayonining samaradorligini baholaydi va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib rahbariyatga taqdim etadi, bitiruvchilarning kasbiy o‘sish monitoringini olib boradi hamda ular o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatadi.