Odil sudlov akademiyasi magistraturasiga ichki abituriyentlarning kirish test imtihonlari bo‘yicha muhim eslatma!
Ichki abituriyentlar uchun kirish imtihonlari mutaxassislik fanlari va chet tilidan test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Baholash mezonlari quyidagicha belgilanadi:
🔹 Mutaxassislik fanlari va chet tilidan test o'tkaziladi.
Xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirda, chet tilidan imtihonsiz maksimal ball beriladi.
Test sinovlarida to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori (maksimal) ball — 100 ball.
❗️Kirish imtihonida 56 va undan past ball to‘plagan abituriyentlar o‘qishga qabul qilinmaydi.
📚 Test savollari qaysi sohalarni qamrab oladi?
⚖️ Jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi normalarini qo‘llash amaliyoti;
🏛 Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda moddiy va protsessual huquq;
💼 Iqtisodiy sudlarda moddiy va protsessual huquq amaliyoti;
📑 Ma’muriy sudlarda moddiy va protsessual huquq amaliyoti;
⚖️ Sud-huquq sohasidagi islohotlar va konstitutsiyaviy huquq asoslari.
Ma’lumot uchun: Tashqi abituriyentlar magistraturaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bakalavriat diplomi bo‘yicha to‘plagan ballari o‘rtacha ko‘rsatkichining ketma-ketligiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi.
Boshqa e'lonlar
-
MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANADI
-
7.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI
-
Ichki abituriyentlar uchun 2026-yil 14-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlari matijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi “Sud faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga tavsiya etilganlar ro‘yxati e'lon qilinmoqda.
-
Akademiyada nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI!