Kafedralar

#

Dosjanova Yulduzxan Raxatovna

psixolog

Tarkibiy bo'linma: Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi

Ilmiy daraja: -

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: y.dosjanova@sudacademy.uz

#

Najmidinova Nilufar Yuldoshovna

Akademik yozuv fani o‘qituvchisi

Tarkibiy bo'linma: Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi

Ilmiy daraja: Filologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD)

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: n.najmidinova@sudacademy.uz

#

To‘xtaboev Xayrullo Nosirovich

Mantiq fani o‘qituvchisi

Tarkibiy bo'linma: Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi

Ilmiy daraja: siyosiy fanlar buyicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: x.toxtaboev@sudacademy.uz

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarida kasbiy etika, sud psixologiyasi, akademik yozuv, mantiqiy va tanqidiy fikrlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga ixtisoslashgan.

Kafedrada mashg‘ulotlar nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida tashkil etilib, real kasbiy vaziyatlar, keys va kazuslar, amaliy topshiriqlar, seminar-treninglar, guruhlarda ishlash va interaktiv usullardan keng foydalaniladi.

Kafedra faoliyatining asosiy maqsadi — tinglovchilarda yuksak kasbiy madaniyat, etik meʼyorlarga rioya qilish, psixologik yondashuv, mustaqil va mantiqiy fikrlash, o‘z fikrini aniq va asoslangan bayon etish hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Kafedra tomonidan “Sud tizimida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Sud psixologiyasi”, “Sudyaning kasbiy madaniyati va etikasi”, “Akademik yozuv ko‘nikmasi”, “Mantiq” hamda “Sud tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt” o‘quv modullari o‘tiladi. Modullar doirasida kasbiy etika va madaniyat, sud psixologiyasi, akademik yozuv, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalari amaliy misollar asosida o‘rganiladi.

Mashg‘ulotlarda kasbiy va psixologik vaziyatlar tahlili, akademik va huquqiy matnlar bilan ishlash, amaliy topshiriqlar, munozaralar, seminar-treninglar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097