Kafedralar

#

Berdiyarov Raxmatjon Tojinorovich

Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Tarkibiy bo'linma: Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi

Ilmiy daraja: Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: r.berdiyarov@sudacademy.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi «Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–141-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tarkibida Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi faoliyat yuritadi.

Kafedra sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudyalar hamda sud apparati xodimlari uchun «Iqtisodiy huquq ixtisosligi bo‘yicha o‘quv kursi» doirasida o‘quv modullarini o‘qitishga ixtisoslashgan.

O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, interaktiv usullarda tashkil etiladi.

Taʼlim jarayoni ustoz–shogird anʼanalari asosida, «bo‘lajak sudyani sudya o‘qitadi» tamoyiliga muvofiq tashkil etiladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi ko‘p yillik sudyalik amaliyotiga ega, yuksak malakali huquqshunoslardan shakllantirilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilar, sudyalar va sud apparati xodimlari uchun sud amaliyotida qo‘llashga mo‘ljallangan maxsus o‘quv adabiyotlari va amaliy qo‘llanmalar tayyorlanib, nashr qilingan.

Jumladan, «Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud hujjatlari namunalari», «Iqtisodiy-huquqiy fanlar bo‘yicha testlar to‘plami», «Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi», «Tadbirkorlar huquqi sud himoyasida», «Shartnomalar, daʼvo arizalari, mediatsiya va hakamlik sudlari» hamda hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy qo‘llanmalar tayyorlangan.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097