Kafedralar

#

Madiev Faxriddin Hoshim o‘g‘li

Kafedra o‘qituvchisi

Tarkibiy bo'linma: Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

Ilmiy daraja: yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: f.madiev@sudacademy.uz

Kafedra haqida:

2020 yil 22 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6012-son farmonida inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida barcha taʼlim muassasalari qatorida sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan muassasalarda ham “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” o‘quv kurslarini joriy etish belgilangan. Shu asosda Odil sudlov akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF–141-son Farmoniga asosan Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashkil etilgan.

Tuzilmaning rasmiy nomi:

davlat tilida – Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi;

rus tilida – Kafedra prav cheloveka, mejdunarodnogo prava i sotsialno gumanitarnix nauk;

ingliz tilida – Департмент of Human Rights, International Лав and Social Sciences and Humanities Диссиплинес.

Kafedraning maqsadi – Akademiyada o‘qitiladigan Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni kasbiy qayta tayyorlash, sudya va sud apparati xodimlari  malakasini oshirish, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zahirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlashda faol ishtirok etish hamda kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi bo‘yicha o‘tiladigan o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori ilmiy-nazariy va amaliy saviyada tashkil etish.

Kafedraning vazifalari va funksiyalari

Quyidagilar kafedraning asosiy vazifalari hisoblanadi:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ular malakasini oshirishda o‘qitish va malaka oshirishning innovatsion, sunʼiy intellekt yutuqlari va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori darajadagi usul va vositalar bilan sudyalik lavozimlariga malakali nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ular malakasini oshirish;

tinglovchilarning qonun hujjatlarini qo‘llash ko‘nikmasini amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlagan holda “nazariya-amaliyot” tamoyili asosida dual taʼlim shaklida tashkil etish;

tinglovchilarining amaliy ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlarni deontologik uslubda o‘tkazish, bunda tinglovchilarning tegishli adliya boshqarmalari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti va konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Xalqaro-huquqiy bo‘limi hamda boshqa davlat organlari va muassasalari faoliyatida bevosita ishtirok etishini taʼminlash;

tinglovchilarni qonun hujjatlariga kiritilgan dolzarb o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar, milliy va xorijdagi huquqni qo‘llash amaliyoti holati va tendensiyalari, shuningdek norma ijodkorligi faoliyati sohasidagi tajriba bilan tanishtirish;

tajriba almashish, taʼlim jarayoni sifatini oshirish bo‘yicha saʼy harakatlarni birlashtirish maqsadida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan samarali idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

Akademiya taʼlim jarayonini sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarida inson huquqlari, xalqaro huquq, konstitutsiyaviy huquq yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-amaliy darajada o‘tkazish;

inson huquqlari va halqaro huquq normalarini implementatsiya qilish masalalari bo‘yicha sudyalar, sudyalikka nomzodlar va sud tizimi xodimlari uchun namunaviy o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish;

boshqa taʼlim muassasalarining turdosh kafedralari tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlariga taqriz va xulosalar berish;

o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash;

nashr etiladigan o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tayyorlash;

tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya etish va ularning natijalarini huquqni qo‘llash amaliyotiga joriy etish, taʼlim, fan va huquqiy amaliyotning uzviyligini taʼminlash;

kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy tadqiqot ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;

taʼlimning ilg‘or shakl va usullari, zamonaviy taʼlim va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini malaka oshirish jarayoniga joriy etish asosida tinglovchilarni kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish;

zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish;  berish;

masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli takliflar berish;

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

kafedra professor-o‘qituvchilarini muntazam ravishda malakasini oshirib turishiga qaratilgan tadbirlar o‘tkazish, taʼlim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;

xorijiy taʼlim muassasalari bilan taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, chet ellik ekspert mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish;

kafedrada o‘qitiladigan mavzular bo‘yicha yakuniy imtihon (sinov) savollari, test savollari va kazuslar tuzish hamda ularni o‘quv jarayoniga tadbiq etish;

sudyalikka nomzodni sud hujjatlarini qabul qilishda buzilgan huquqni xalqaro shartnomalar normalari qoidalarini qo‘llash orqali himoya qilinishi bilan bog‘liq protsessual hujjatlar loyihalarini tayyorlashga qaratilgan ko‘nikmasini shakllantirishga erishish.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097