Bo'limlar

#

Abdunazarov Xurshedjon Nazarovich

Xo‘jalik ishlari mudiri

Tarkibiy bo'linma: Xo'jalik bo'limi

Ilmiy daraja: -

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: x.abdunazarov@sudacademy.uz

XO‘JALIK BO‘LIMI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining Xo‘jalik bo‘limi Akademiya faoliyatini zarur moddiy-texnik, xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish resurslari bilan ta’minlash, bino va inshootlardan oqilona foydalanishni tashkil etish hamda ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlovchi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.

Xo‘jalik bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Akademiyaning ichki hujjatlari hamda Xo‘jalik bo‘limi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiradi.

Xo‘jalik bo‘limining asosiy maqsadi

Xo‘jalik bo‘limining asosiy maqsadi Akademiyaning ta’lim, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va boshqa faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, moddiy-texnik bazani rivojlantirish va undan oqilona foydalanishni ta’minlashdan iborat.

Xo‘jalik bo‘limining asosiy vazifalari

Xo‘jalik bo‘limi o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:

     Akademiya bino va inshootlari, xizmat xonalari hamda boshqa hududlarning tegishli holatda saqlanishini ta’minlaydi;

     Bino va inshootlardan oqilona foydalanishni tashkil etadi hamda ularning texnik holatini muntazam nazorat qilib boradi;

     Joriy ta’mirlash, obodonlashtirish va zarur hollarda ta’mirlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi;

     Akademiya faoliyati uchun zarur bo‘lgan mebel, inventar, xo‘jalik jihozlari va boshqa moddiy-texnik vositalardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;

     Moddiy boyliklarning saqlanishi va ulardan belgilangan tartibda foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

     Elektr energiyasi, issiqlik, suv va boshqa kommunal xizmatlardan oqilona va tejamkorlik asosida foydalanish choralarini ko‘radi;

     Akademiya hududida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, tozalik va obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishini ta’minlaydi;

     Yong‘in xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida tegishli ishlarni tashkil etadi;

     Akademiyada o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy-amaliy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tashkiliy tadbirlarning zarur xo‘jalik ta’minotini amalga oshiradi;

     Moddiy-texnik resurslardan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari

Xo‘jalik bo‘limi Akademiyaning kundalik faoliyatini uzluksiz tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Bo‘lim tomonidan Akademiya infratuzilmasini saqlash va rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tashkil etish, moddiy-texnik vositalarning butligi va sozligini ta’minlash hamda qulay mehnat va ta’lim sharoitlarini yaratish bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi.

Shuningdek, bo‘lim Akademiyaning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda ularning xo‘jalik va moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq ehtiyojlarini o‘rganadi hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda ularni ta’minlash choralarini ko‘radi.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097