Bo'limlar
Maxmudov Abduvoxid Abduraximovich
Bosh mutaxassis
Tarkibiy bo'linma: Axborot-texnikaviy taʼminot va masofaviy oʻqitish boʻlimi
Ilmiy daraja: Magistr
Telefon: (55) 501-01-88
Elektron pochta: a.maxmudov@sudacademy.uz
Bo‘limning vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Akademiya faoliyatiga va o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish va uni doimiy boyitib borish;
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash Akademiyaning olti oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida, sudya va sud apparati xodimlarining majburiy malakasini oshirish kurslarida, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudyalarni qayta tayyorlash kurslarida hamda “Sud faoliyati” magistratura mutaxassisligi yo‘nalishlari bo‘yicha dastlabki bilim, ko‘nikma va malakasining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun onlayn shaklda test sinovlarini o‘tkazishni ta’minlash;
yangi axborot texnologiyalari va masofaviy o‘qitish bo‘yicha elektron ilmiy, uslubiy qo‘llanmalar va darsliklarni yaratishda amaliy yordamlar ko‘rsatish hamda ularni Internet - xalqaro axborot tizimlari bo‘yicha tarqatishni yo‘lga qo‘yish;
Akademiya xodimlarini va tinglovchilarni kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish maqsadida kurslar tashkil etish;
Akademiya xodimlari va tinglovchilar uchun kompyuter va axborot texnologiyalari manbalaridan, Internet - xalqaro axborot tizimlaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
o‘quv jarayonida kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishda texnik xizmat ko‘rsatish;
amaliyot va o‘quv jarayonlarini multimediya va kompyuter tizimlari orqali innovatsion va virtual laboratoriya dasturlar ta’minotini yaratish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatish va uni tashkil qilish;
Akademiya faoliyati bilan bog‘liq turli xil dasturlardan samarali foydalanish;
kompyuter tarmog‘ini tashkil qilish;
axborot uzatish va qabul qilish vositalaridan (Internet, elektron pochta, modem aloqa va boshqalar) foydalanish ishlarini amalga oshirish;
axborot texnologiyalari bo‘yicha Respublika va xorijiy o‘quv muassasalari va ilmiy tekshirish markazlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanish ishlarini olib borish, internetdan foydalanib xorijiy davlat oliy o‘quv yurtlari bilan aloqa o‘rnatishni yo‘lga qo‘yish;
o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishni kompyuterlashtirish va yagona axborot makonini yaratish, mashg‘ulotlar o‘tkazish sifatini markazlashgan holda masofadan nazorat qilishni amalga oshirish;
axborot texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan texnik vosita va jihozlarni zamon talablari asosida yangilab turish choralarini ko‘rish;
axborotlar bazasini yaratish va ularni doimiy ma’lumotlar bilan yangilab borish;
Akademiyadagi barcha kafedralar va bo‘limlarni umumiy tarmoqqa birlashtirishni amalga oshirish;
Akademiyaning rasmiy veb-saytini doimiy yangi ma’lumotlar bilan yangilab borish;
axborot jarayonlari va masofaviy ta’lim tizimini rivojlantirish borasida takliflar ishlab chiqish;
Akademiya faoliyatidagi barcha kompyuter texnikalaridan maqsadli, unumli va to‘g‘ri foydalanilishini nazorat qilib borish;
elektron variantdagi darslik va qo‘llanmalardan foydalanishni ta’minlash;
ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash.