Bo'limlar
Kayumova Farangiz O‘ktamovna
Bosh mutaxassis
Tarkibiy bo'linma: Xalqaro hamkorlik bo‘limi
Ilmiy daraja: Ilmiy daraja mavjud emas
Telefon: (55) 501-01-88
Elektron pochta: f.kayumova@sudacademy.uz
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘limi
Asosiy maqsadi va vazifalari
Xalqaro hamkorlik bo‘limi Akademiyaning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, sud-huquq sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish, sudyalar, sudyalikka nomzodlar, professor-o‘qituvchilar hamda sudlar apparati xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga mas’ul tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
• xorijiy sud akademiyalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
• xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• xalqaro memorandum va bitimlar tuzish;
• xalqaro konferensiya, forum, seminar, trening va davra suhbatlarini tashkil etish;
• xorijiy ekspert va mutaxassislarni Akademiyaning ta’lim jarayoniga jalb etish;
• Akademiya xodimlari, professor-o‘qituvchilari va tinglovchilarining xorijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlarida ishtirokini tashkil etish;
• xalqaro grantlar va loyihalarni jalb qilish;
• xorijiy davlatlarning sud-huquq sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish;
• qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’lim loyihalarini amalga oshirish;
• Akademiyaning xalqaro nufuzini oshirish va xalqaro aloqalar geografiyasini kengaytirish.
Rivojlanish bosqichlari va ustuvor yo‘nalishlari
Akademiyaning xalqaro hamkorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF–141-son “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida yangi bosqichga ko‘tarildi.
2025-yil va 2026-yilning yanvar–iyun oylarida xalqaro hamkorlik geografiyasi sezilarli darajada kengaytirildi. Xususan, Turkiya, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Germaniya, Polsha, Fransiya, Ispaniya, Litva, Serbiya, Xorvatiya, Vengriya, Malta va Rossiya Federatsiyasining sud akademiyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirildi.
Shuningdek, UNESCO, OSCE, UNICEF, JICA, TİKA, Xalqaro yuristlar komissiyasi (ICJ), IRZ va Turkic Judicial Training Network (TJTN) kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Bo‘limning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish;
• yetakchi xorijiy sud akademiyalari va universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlash;
• xalqaro ta’lim va ilmiy dasturlarni rivojlantirish;
• xalqaro grant va loyihalarni jalb qilish;
• xorijiy ekspertlarni Akademiyaning o‘quv jarayoniga keng jalb etish;
• qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
• Akademiyaning xalqaro maydondagi nufuzi va institutsional salohiyatini oshirish.
Xodimlar tarkibi
Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyatiga bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Bo‘lim boshlig‘i — Farangiz Kayumova.
Bo‘lim faoliyati xalqaro tashkilotlar, xorijiy sud akademiyalari, universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etish, muvofiqlashtirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar va muhim natijalar
Akademiya tomonidan 50 dan ortiq xalqaro konferensiya, forum, seminar, trening va uchrashuvlar tashkil etildi yoki ularda Akademiya vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, 15 dan ortiq xalqaro o‘quv kurslari va malaka oshirish dasturlari amalga oshirildi.
Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon sud akademiyalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Serbiya, Xorvatiya, Vengriya, Gdansk universiteti, Nagoya universiteti, Ankara universiteti, Myunster universiteti va boshqa xorijiy hamkorlar bilan yangi hamkorlik loyihalari va memorandumlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
OSCE bilan 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik yo‘l xaritasini ishlab chiqish boshlandi.
ICJ bilan xalqaro huquq bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilandi.
Xalqaro ta’lim va malaka oshirish
Akademiyada xorijiy hamkorlar bilan birgalikda quyidagi yo‘nalishlarda xalqaro o‘quv dasturlari tashkil etilmoqda:
• inson huquqlari;
• korrupsiyaga qarshi kurash;
• so‘z erkinligi;
• mediatsiya;
• raqamli odil sudlov;
• sun’iy intellekt va IT huquqi;
• axborot xavfsizligi;
• kiberjinoyatlarga qarshi kurash;
• raqamli kriminalistika;
• raqamli dalillar bilan ishlash;
• voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov.
Xususan, “Raqamli odil sudlov: xalqaro standartlar, axborot xavfsizligi va inson huquqlari” mavzusidagi xalqaro o‘quv kursi tashkil etilib, unda Ispaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston sudyalari ishtirok etdi.
Xalqaro forum va konferensiyalar
Akademiya tomonidan “Turkiy davlatlarda sud-huquq ta’limi va odil sudlov: raqamli transformatsiya hamda ilg‘or tajribalar sari integratsiya” mavzusida xalqaro forum tashkil etildi.
Forum doirasida sudyalarni tayyorlash, zamonaviy pedagogika, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, sud ta’limi sifati va xalqaro akademik almashinuv masalalari muhokama qilindi.
Akademiya vakillari, shuningdek, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro kongress, forum, konferensiya va o‘quv dasturlarida faol ishtirok etdilar.
Strategik hamkorlik
OSCE bilan hamkorlik.
OSCEning O‘zbekistondagi Loyihalari koordinatori, elchi Antti Karttunen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazilib, 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Myunster universiteti (Germaniya) bilan hamkorlik.
Professor Thomas Hoeren ishtirokida “Raqamli iqtisodiyot huquqi” xalqaro sertifikat dasturi taqdimoti o‘tkazildi. Dastur sun’iy intellekt, IT huquqi, ma’lumotlarni himoya qilish, intellektual mulk va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Gdansk universiteti (Polsha) bilan hamkorlik.
Professor Edward Juchniewicz bilan uchrashuvda hamkorlik memorandumi, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, Pro Bono Clinic faoliyatini rivojlantirish hamda Polish Legal Clinics Network bilan institutsional hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Xalqaro yuristlar komissiyasi (ICJ) bilan hamkorlik.
ICJ vakillari bilan uchrashuvda xalqaro huquq bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish, xalqaro ekspertlarni jalb qilish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va sudyalar uchun xalqaro treninglar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar belgilandi.
Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlik
Hisobot davrida Akademiya o‘quv jarayoniga Germaniya, Litva, Polsha, Ispaniya, Yaponiya va boshqa davlatlarning nufuzli ekspertlari jalb qilindi.
Jumladan:
• professor Thomas Hoeren — Germaniya;
• professor Raimundas Kalesnyakas — Litva;
• professor Jaroslaw Turłukowski — Polsha;
• professor Edward Juchniewicz — Polsha;
• Katarzyna Laskowska — Polsha;
• professor Lorenzo M. Bujosa Vadell — Ispaniya;
• professor Walter Reifarth Muñoz — Ispaniya;
• professor Juan Barata Mir — Ispaniya;
• Mikiko Otani — BMT eksperti;
• Markus Schäfer — BMT eksperti;
• Ichihashi Katsuya — Nagoya universiteti eksperti;
• Karen Müller — UNICEF eksperti;
• Kirill Klevtsov va boshqa xalqaro ekspertlar.
Xorijiy xizmat safarlari
Akademiya vakillari xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganish va malaka oshirish maqsadida qator xorijiy davlatlarga xizmat safarlarida ishtirok etdilar.
Jumladan:
• Turkiya Respublikasiga — 12 nafar;
• Yaponiyaga — 1 nafar;
• Qozog‘iston Respublikasiga — 4 nafar;
• Ozarbayjon Respublikasiga — 2 nafar;
• TJTN doirasida Qozog‘iston va Turkiyaga — 3 nafar Akademiya vakili xizmat safariga yuborildi.
Xalqaro grantlar va loyihalar
Xalqaro hamkorlik bo‘limi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda grant va ta’lim loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi.
Jumladan:
UNESCO bilan — “So‘z erkinligi, jurnalistlarning xavfsizligi va ma’lumotga erkin kirish” mavzusida o‘quv dasturi;
UNICEF bilan — jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalar uchun “Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish masalalari” bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv kursi;
OSCE bilan — “Kiberjinoyatlarga qarshi kurash” mavzusidagi o‘quv kursi amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy ekspertlar bilan birgalikda Akademiyaning o‘quv jarayoni uchun zamonaviy o‘quv modullari ishlab chiqilmoqda.
Erishilgan muhim natijalar
Xalqaro hamkorlik bo‘limi faoliyati natijasida:
• Akademiyaning xalqaro hamkorlik geografiyasi kengaydi;
• xorijiy sud akademiyalari va universitetlari bilan institutsional aloqalar mustahkamlandi;
• xalqaro memorandum va kelishuvlar soni oshdi;
• xalqaro konferensiya va o‘quv dasturlarining ko‘lami kengaydi;
• xorijiy ekspertlarni Akademiya o‘quv jarayoniga jalb qilish tizimi rivojlandi;
• Akademiya xodimlari va tinglovchilarining xorijiy stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari kengaydi;
• xalqaro grant va loyihalarda ishtirok etish faollashdi;
• xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani Akademiyaning ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar kuchaydi.
Kelgusidagi ustuvor rejalar
Kelgusida Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan xalqaro hamkorlar doirasini kengaytirish, yangi memorandum va bitimlar tuzish, qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grantlarni jalb etish, xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv dasturlarini ko‘paytirish hamda Akademiya xodimlari va tinglovchilarining xorijiy stajirovkalarini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, Akademiyaning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xalqaro tashkilotlar va yetakchi xorijiy sud akademiyalari bilan uzoq muddatli strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘limning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.