Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qilinadi!
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabul qiladi:
🔹 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi;
🔹 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq;
🔹 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya;
🔹 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi;
🔹 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura;
🔹 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi;
🔹 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.
📌 Talabgorlar 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Eslatma: Tanlovda ishtirok etish tartibi hamda topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.
Boshqa e'lonlar
-
SEMINAR-TRENING
-
2.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI
-
ODIL SUDLOV AKADEMIYASIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI!
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Ilmiy Kengashi qoshidagi ilmiy seminar a’zolarining 2026-yil 15-iyul kuni soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida:
-
«Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zbek tili me’yorlariga rioya etish: muammo va yechimlar»