TADBIRKOR AYOLLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
17.09.2026 / 22:27
23
«Tadbirkor ayollar va davlat: ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar» mavzusida brifing o‘tkaziladi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda «Tadbirkor ayol» xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Brifingda tadbirkor ayollar va davlat organlari o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada rivojlantirish, xotin-qizlar tadbirkorligi sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, mavjud muammo va takliflarni o‘rganish hamda amaliy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilgan.
Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari vakillari, tadbirkor ayollar, soha ekspertlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etadi.
Ochiq muloqot — muammolar yechimi va yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!
📅 Sana: 18-sentabr
🕙 Vaqt: soat 10:00
📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi
Boshqa e'lonlar
-
Agzamova Qizlarxon Baxtiyorovnaning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
-
SEMINAR-TRENING
-
MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANADI
-
2.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI
-
2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan sinov bosqichlariga tayyorlanish yuzasidan