O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov e’lon qiladi

13.08.2026 / 18:20
12
#

Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi mudiri;
Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;
Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;
Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.

⏺ Kafedra mudiri lavozimiga nomzod:
— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
— oliy yuridik ma’lumotga (magistr darajasi) hamda yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida 12 yil, qoida tariqasida, sudyalik lavozimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi;
— falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek, qoida tariqasida, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
— rus va/yoki ingliz tilini bilishi;
— AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

⏺ Kafedra o‘qituvchisi lavozimiga nomzod:
— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
— oliy yuridik ma’lumotga (magistr darajasi) hamda yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida 7 yil, qoida tariqasida, sudyalik lavozimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi;
— qoida tariqasida, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
— AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

✅ Pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, yuridik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi hamda sudya bo‘lib ishlagan, xorijiy tillarni (rus, ingliz, nemis, fransuz) biladigan nomzodlar ustunlikka ega bo‘ladi.

📝 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
💬 test sinovlari;
💬 ochiq dars mashg‘uloti.

Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — ochiq dars mashg‘ulotida qatnashadilar.

💻 Ochiq dars mashg‘uloti ma’ruza shaklida PowerPoint taqdimoti (slaydlar) yordamida o‘tkazilishi lozim.

❗️ Eslatma: ma’ruza (ochiq dars mashg‘uloti) mavzulari kafedralar predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

📄 Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
— ariza (qaysi lavozimga talabgor ekanligi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda);
— ma’lumotnoma (obyektivka).

📧 Hujjatlarni yuborish uchun:
sudacademy@umail.uz
info@sudacademy.uz

📍 Manzil: 100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.

⌛️ Arizalar 2026-yil 19-avgust kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun: +998 (55) 501-01-93

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097