O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi avtobus haydovchisi lavozimiga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️ 35–40 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
✔️ «B», «C» va «D» toifalari bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi;
✔️ Avtobus boshqarish bo‘yicha kamida 10 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
✔️ Hisobida haydovchilikka oid jarima ballari mavjud bo‘lmasligi.
✅Nomzodlarni saralash tartibi:
Dastlab nomzodlarning hujjatlari va belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar avtobusni boshqarish bo‘yicha amaliy sinovda ishtirok etadilar.
🎓 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlardan quyidagi hujjatlarni Odil sudlov akademiyasining sudacademy@umail.uz, info@sudacademy.uz elektron pochta manzillariga yoki Akademiyaga (100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy) taqdim etishlari so‘raladi:
➡️ Ariza (talabgor bo‘lgan lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda);
➡️ Ma’lumotnoma (obyektivka).
🏆 Arizalar 2026-yil 20-noyabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: (55) 501-01-67.
Boshqa e'lonlar
-
3.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI
-
Qabul davom etmoqda
-
Azimov Doniyor Esanovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi
-
4.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining 2026/2027-o‘quv yili uchun kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul doirasida sudyalik lavozimlariga talabgorlar o‘rtasida o‘tkazilgan kirish sinovlari bo‘yicha insho natijalari eʼlon qilinmoqda.