O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi avtobus haydovchisi lavozimiga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.

10.11.2026 / 22:06
23

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✔️ 35–40 yosh oralig‘ida bo‘lishi;
✔️ «B», «C» va «D» toifalari bo‘yicha haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi;
✔️ Avtobus boshqarish bo‘yicha kamida 10 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
✔️ Hisobida haydovchilikka oid jarima ballari mavjud bo‘lmasligi.

✅Nomzodlarni saralash tartibi:
Dastlab nomzodlarning hujjatlari va belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar avtobusni boshqarish bo‘yicha amaliy sinovda ishtirok etadilar.

🎓 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlardan quyidagi hujjatlarni Odil sudlov akademiyasining sudacademy@umail.uz, info@sudacademy.uz elektron pochta manzillariga yoki Akademiyaga (100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy) taqdim etishlari so‘raladi:
➡️ Ariza (talabgor bo‘lgan lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda);
➡️ Ma’lumotnoma (obyektivka).

🏆 Arizalar 2026-yil 20-noyabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefon: (55) 501-01-67.

Связаться с нами

  • Адрес:

    г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Чупонота, 6

  • Рабочие дни:

    Пн–Сб 09:00–18:00

  • Индекс:

    100097