«Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zbek tili me’yorlariga rioya etish: muammo va yechimlar»

17.10.2026 / 19:59
26
#

 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «Odil sudlovni amalga oshirishda o‘zbek tili me’yorlariga rioya etish: muammo va yechimlar» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.

🤩 Tadbir davomida davlat tilining odil sudlovni amalga oshirishdagi ahamiyati, sud hujjatlarini davlat tilida to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish, yuridik terminologiyaning bir xil qo‘llanilishi hamda sud amaliyotida til me’yorlariga rioya etish masalalari muhokama qilinadi.

📅 Sana: 2026-yil 19-oktabr
🕓 Vaqt: soat 16:00
📍 Manzil: Odil sudlov akademiyasining plenumlar zali

Barchani davlat tilining nufuzini yuksaltirish, huquqiy aniqlik va til madaniyatini ta’minlashga qaratilgan ushbu ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097