Akademiyada nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi
23.09.2026 / 21:54
24
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Sizni “Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.
Konferensiyada iqtisodiy nizolarni muqobil hal etishning zamonaviy usullari, milliy va xalqaro tajriba, shuningdek, sud amaliyotining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Muzokaralar va mediatsiya;
🔹 Hakamlik sudlari va xalqaro tijorat arbitraji;
🔹 Kelishuv bitimlari hamda nizolarni sudgacha va suddan tashqari hal etish mexanizmlari;
🔹 Raqamli muhitda nizolarni hal etish imkoniyatlari;
🔹 Arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish;
🔹 Milliy sud amaliyotining dolzarb masalalari va xorijiy tajriba.
Konferensiyada olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari o‘z ilmiy qarashlari hamda amaliy takliflari bilan ishtirok etishlari mumkin.
🗓 2026-yil 5-oktabr
🕝 14:30 — Toshkent vaqti
📍 Odil sudlov akademiyasi
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.
💻 Zoom orqali ishtirok etish:
Ulanish — 14:15 dan
Identifikator — 818 1613 8013
Kirish kodi — 376933
Ishtirokchi haqidagi ma’lumotlar, ma’ruza mavzusi hamda maqola yoki tezis matnini 2026-yil 30-sentabrgacha sudacademy@exat.uz elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.
📚 Konferensiya yakunlari bo‘yicha maqola va tezislarni to‘plam shaklida nashr etish rejalashtirilgan.
📞 Murojaat uchun: +998 93 773 51 07
Boshqa e'lonlar
-
7.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI
-
4.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI
-
Tollibayeva Malika Ulmasjon qizining yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
-
Yosh avlodning shaxsiy kamoloti va vatanparvarlik ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi
-
2.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI