Bo'limlar

#

Jumayev Ma’rufjon Sharifjon o‘g‘li

Matbuot xizmati rahbari, rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Tarkibiy bo'linma: Matbuot xizmati

Ilmiy daraja: Magistr

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: jumayev@sudacademy.uz

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Matbuot xizmati Akademiya faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, jamoatchilikni Akademiyada amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim, ilmiy-tadqiqot, xalqaro hamkorlik hamda boshqa muhim yo‘nalishlardagi faoliyat to‘g‘risida xolis va tezkor axborot bilan taʼminlash maqsadida faoliyat yuritadi.

Matbuot xizmati Akademiyaning axborot siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ijtimoiy tarmoqlar bilan samarali muloqotni taʼminlaydi.

Matbuot xizmatining asosiy vazifalari

Matbuot xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

— Akademiyaning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni tezkor, xolis va ishonchli axborot bilan muntazam taʼminlash;

— Akademiyada amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik va boshqa muhim tadbirlarni ommaviy axborot vositalari hamda axborot resurslarida keng yoritish;

— Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, ekspertlari va mutaxassislarining ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini tashkil etish;

— ommaviy axborot vositalari vakillarining so‘rovlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularga qonunchilikka muvofiq javoblar tayyorlash;

— Akademiyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini sifatli va dolzarb axborot materiallari bilan muntazam boyitib borish;

— foto, video, infografika va boshqa multimedia materiallarini tayyorlash hamda tarqatish;

— Akademiya faoliyatiga oid muhim axborot va yangiliklarni keng jamoatchilikka zamonaviy va tushunarli shaklda yetkazish;

— milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish;

— Akademiyaning ijobiy imiji va axborot makonidagi nufuzini mustahkamlash.

Axborot siyosati va jamoatchilik bilan muloqot

Matbuot xizmati Akademiya va jamoatchilik o‘rtasida samarali axborot muloqotini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratadi.

Bu borada Akademiyada sud kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish, taʼlim jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro hamkorlik, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid axborot materiallari muntazam tayyorlanadi va eʼlon qilinadi.

Shuningdek, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va ekspertlarining ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari, intervyulari, maqolalari va tahliliy materiallarini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Raqamli axborot resurslarini rivojlantirish

Matbuot xizmati zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda Akademiyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot resurslarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Xususan:

— tezkor xabar va yangiliklar tayyorlanadi;

— foto va video materiallar yaratiladi;

— infografika va boshqa vizual materiallar ishlab chiqiladi;

— muhim tadbir va jarayonlar keng yoritiladi;

— jamoatchilik uchun dolzarb axborotlar zamonaviy formatlarda taqdim etiladi.

Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik

Matbuot xizmati televideniye, radio, bosma va elektron nashrlar, axborot agentliklari hamda boshqa ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirib boradi.

Akademiya faoliyati, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda dolzarb huquqiy masalalar bo‘yicha rahbariyat, professor-o‘qituvchilar va ekspertlarning fikr-mulohazalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish tashkil etiladi.

Shuningdek, aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va keng ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Matbuot xizmatining asosiy maqsadi

Matbuot xizmati faoliyatining asosiy maqsadi — O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik bilan samarali axborot muloqotini yo‘lga qo‘yish, Akademiyaning ilmiy-taʼlimiy va amaliy salohiyatini keng targ‘ib qilish hamda uning ijobiy imiji va nufuzini mustahkamlashdan iborat.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097