Bo'limlar
Tursunov Quvonchbek Komilovich
Bosh buxgalter
Tarkibiy bo'linma: Buxgalteriya
Ilmiy daraja: Magistr
Telefon: (55) 501-01-88
Elektron pochta: q.Tursunov@sudacademy.uz
Bobojonov To‘lqin Shaxriyorovich
Bosh mutaxassis
Tarkibiy bo'linma: Buxgalteriya
Ilmiy daraja: -
Telefon: (55) 501-01-88
Elektron pochta: t.bobojonov@sudacademy.uz
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi (keyingi o‘rinlarda –Akademiya deb yuritiladi) Buxgalteriyasi (keyingi o‘rinlarda – Buxgalteriya) Akademiyaning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, faoliyatini Akademiya rektori rahbarligida amalga oshiradi hamda unga bo‘ysunadi.
2. Buxgalteriya Akademiya faoliyatida buxgalteriya hisobini yuritishni tashkil etish hamda hisobot tuzish, shuningdek hisobotlarni umumlashtirish va nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi.
3. Buxgalteriya o‘z faoliyatini o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari vafarmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, Akademiya Ustavi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron-bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi.
5. Quyidagilar Buxgalteriyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- Akademiya faoliyatini moliyalashtirish ishlarini tashkil qilish, moddiy-texnika taʼminoti va mablag‘larning samarali ishlatilishi ustidan nazorat olib borish;
- buxgalteriya hisobi va hisobotini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- Akademiyaning reja va dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli va tejab ishlatilishi ustidan nazorat qilib borish;
- buxgalteriya shaxsiy hisob-varaqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq maʼlumotlarni shakllantirish;
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi maʼlumotlarini umumlashtirish;
* moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;
* mol-mulkning mavjudligi va harakati, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tasdiqlangan normalar, normativlar va smetalarga muvofiq foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
* xarajatlar smetasini ishlab chiqish va kelgusi yil xarajatlari prognozini rejalashtirish;
* xo‘jalik-moliya faoliyatidagi salbiy holatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki xo‘jalik imkoniyatlarini o‘z vaqtida aniqlash va safarbar qilish.
6. Buxgalteriya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Akademiyaning tegishli bo‘limlari bilan birgalikda reja va dasturlarga kiritilgan ishlar qiymatini aniqlashda bevosita ishtirok etadi;
- moliyalashtirishga doir hisob-kitoblarni amalga oshirilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini nazorat qilib boradi;
- mablag‘lardan maqsadli, tejab foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
- xodimlar mehnatiga haq to‘lash, shuningdek moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha hisob ishlarini tashkil qilib beradi;
- moliya-xo‘jalik ishlari natijalarini tahlil qilib borilishini taʼminlaydi.