8.1 Jamoatchilik kengashiga bag‘ishlangan alohida sahifa tashkil etilib, jamoatchilik Akademiyai faoliyati haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi
8. Jamoatchilik kengashining faoliyati samaradorligini baholash
- 8.1 Jamoatchilik kengashiga bag‘ishlangan alohida sahifa tashkil etilib, jamoatchilik Akademiyai faoliyati haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi
- 8.2 Jamoatchilik kengashining tasdiqlangan nizomi, amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha har yillik chora-tadbirlar rejasi va tasdiqlangan reja asosida o‘tkazilishi kutilayotgan yig‘ilishlar jadvali e’lon qilinishi
- 8.3 Jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirishga oid talablarga rioya etilishi va bu haqdagi ma’lumotlar (hujjatlar).
- 8.4 Akademiyaning ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat organi faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirgan chora-tadbirlar haqidagi tahliliy ma’lumotlar muntazam e’lon qilinishi
Jamoatchilik kengashiga bag‘ishlangan alohida sahifa tashkil etilib, jamoatchilik kengashi faoliyati haqidagi ma’lumotlar joylab borilishi
Jamoatchilik kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Akademiya faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan doimiy maslahat-kengash organidir. Kengash Akademiya rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladi va uning qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Jamoatchilik kengashi Akademiya faoliyatini rivojlantirish, o‘quv va ilmiy jarayonlarni takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi. Shuningdek, Akademiya faoliyatiga oid muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirok etadi va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Jamoatchilik kengashi rais, rais o‘rinbosari, kotib va aʼzolardan iborat bo‘lib, uning tarkibi uch yil muddatga tasdiqlanadi. Kengash majlislari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi hamda uning faoliyatiga oid maʼlumotlar Akademiyaning rasmiy veb-saytida muntazam eʼlon qilib boriladi.