O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi barchani qisqa muddatli o‘quv kursiga taklif etadi.
19.11.2026 / 11:19
17
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi barchani qisqa muddatli o‘quv kursiga taklif etadi.
📈 Qisqa muddatli o‘quv kursida siz "SOLIQ ORGANINING QARORI: SHIKOYAT QILISH VA SUD TARTIBIDA NIZOLASHISH" mavzusi bo‘yicha professional bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lasiz.
📚 Kurs dasturidan:
➖ soliq tekshiruvlari: kameral, sayyor tekshiruv va soliq auditi;
➖ talabnoma berish va uni ko‘rib chiqish;
➖ tekshiruv dalolatnomasiga e’tiroz bildirish;
➖ soliq organi qarorini tahlil qilish: qaror yetarli darajada asoslanganmi?
➖ QQSni hisobga olish va xarajatlarni chegirish bo‘yicha nizolar;
➖ yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish;
➖ sudga murojaat qilish tartibi, isbotlash majburiyati, dastlabki eshituv va dalillar;
➖ sud qarorini qayta ko‘rib chiqish va uning ijrosini ta’minlash;
➖ sud amaliyoti tahlili va yakuniy keys-stadi.
Kimlar uchun❓
⚡️ Yuristlar, buxgalterlar, advokatlar, soliq maslahatchilari, tadbirkorlar va barcha xohlovchilar uchun.
🤩 Mashg‘ulotlar Akademiya professor-o‘qituvchilari va tajribali sudyalar tomonidan olib boriladi.
📖 Mashg‘ulot shakli:
⏺ Offline — Akademiya binosida;
⏺ Online — Zoom platformasi orqali.
📞 Batafsil ma’lumot: +998 (55) 501-01-88
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish: @QisqaKurslarBot
Boshqa e'lonlar
-
MAGISTRATURAGA QABUL BOSHLANADI
-
Iskenderov Polat Konısbayevichning doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi
-
ESLATMA Ichki аbituriyentlаr diqqatigа!
-
E’LON! ILMIY MAQOLALAR TANLOVI
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi avtobus haydovchisi lavozimiga ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.