ODIL SUDLOV AKADEMIYASINING SUDYALIK LAVOZIMLARIGA NOMZODLARNI KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSLARIGA KIRISH SINOVLARIDA ISHTIROK ETUVCHI TALABGORLAR DIQQATIGA!

15.08.2026 / 20:22
11
#

2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan sinov bosqichlari quyidagi manzil va sanalarda bo‘lib o‘tadi:
——————
✍️ Suhbat

🗓 18, 19-avgust kunlari soat 09:00 da
Odil sudlov akademiyasi binosida boshlanadi.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy
——————
🧑🏻‍💻 Test sinovlari

🗓 21-avgust kuni soat 09:00 da
O‘zbekiston Milliy universitetida boshlanadi. Ro‘yxatga olish tonggi soat 07:30 da boshlanib, 08:40 da to‘xtatiladi.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston milliy universiteti sport zali
——————
📝 Insho

🗓 22-avgust kuni soat 08:00 da O‘zbekiston Milliy universitetida boshlanadi. Ro‘yxatga olish tonggi soat 07:00 da boshlanib, 07:40 da to‘xtatiladi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston milliy universiteti sport zali

❕Eslatma:
talabgorlar sinov imtihonlari boshlanishidan kamida bir soat oldin shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan yetib kelishlari lozim. Imtihon vaqtida telefon, shpargalka, mikro naushnik va boshqa elektrotexnika vositalarini olib kirish taqiqlanadi.


Qabul komissiyasi

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097