E’LON! ILMIY MAQOLALAR TANLOVI
12.10.2026 / 20:46
10
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan “So‘z muqaddasligi va huquqiy mas’uliyat: sudya hukmidagi har bir harf qadri” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.
⏺ Tanlov ishtirokchilari:
Odil sudlov akademiyasining Kasbiy qayta tayyorlash kursi tinglovchilari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
📅 Maqolalarni qabul qilish muddati:
2026-yil 16-oktabrga qadar.
📝 Maqolalar tili:
Maqolalar o‘zbek tilida (lotin yozuvida) qabul qilinadi.
📩 Maqolalarni yuborish tartibi:
Ilmiy maqolalar elektron shaklda quyidagi Telegram manziliga yuborilishi lozim: @Xudoyberdiyev020
📞 Aloqa uchun:
Tel.: 55-501-01-89
📚 Tanlov natijalari:
Tanlov yakunlariga ko‘ra, munosib deb topilgan ilmiy maqolalar to‘plam shaklida nashr etiladi.
❗️ Barcha xohlovchilarni tanlovda faol ishtirok etishga hamda belgilangan muddatda mazkur dolzarb mavzu bo‘yicha tayyorlangan ilmiy maqolalarini taqdim etishga taklif qilamiz!
Boshqa e'lonlar
-
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasining magistratura dasturiga qabul davom etmoqda
-
7.Falsafa doktori (PhD) va Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka QABUL E’LON QILADI
-
ESLATMA!
-
Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qilinadi!
-
2026/2027-o‘quv yili uchun kirish sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilgan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlandi