KONTRAFAKT MAHSULOT: SOXTADAN OGOH BO‘LING!
Kundalik hayotimizda kiyim-kechak, maishiy texnika, oziq-ovqat va dori-darmon xarid qilayotganda brend mahsulotlarning juda arzon variantlariga duch kelamiz. Ammo bunday mahsulotlar kontrafakt, ya’ni boshqa ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, logotipi yoki brendini noqonuniy ravishda ko‘chirib, asliday ko‘rsatib sotiladigan soxta tovar bo‘lishi mumkin.
⚠️ Kontrafakt mahsulotlar:
▪️ sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi;
▪️ qalbaki texnika yong‘in yoki elektr toki urishiga sabab bo‘lishi;
▪️ halol tadbirkorlik va raqobat muhitiga zarar yetkazishi mumkin.
🔎 Soxta mahsulotni qanday aniqlash mumkin?
Mahsulotning narxi, o‘rovi va logotipiga e’tibor bering. Bozor narxidan keskin darajada arzon taklif shubha uyg‘otishi kerak.
❗️ Imlo xatolari, sifatsiz bosma, brend nomidagi o‘zgarishlar ham qalbaki mahsulot belgisi bo‘lishi mumkin.
📱 Mahsulotdagi QR-kodni “Asli Belgisi” mobil ilovasi orqali skanerlab, uning haqiqiyligini tekshiring.
Shuningdek, o‘tkir kimyoviy hid, sifatsiz material va bo‘yoqning ko‘chishi ham qalbakilikdan darak berishi mumkin.
🛡 Xaridor sifatida o‘zingizni qanday himoya qilasiz?
✅ Har qanday xaridda fiskal chekni talab qiling va saqlang.
✅ Mahsulotning muvofiqlik sertifikati hamda kafolat talonini so‘rang.
✅ Norasmiy Telegram va Instagram sahifalaridan xarid qilishda ehtiyotkor bo‘ling.
❌ Shubhali mahsulotni xarid qilmang va tarqatmang.
📢 Agar kontrafakt mahsulot sotib olgan bo‘lsangiz yoki sotuvda qalbaki tovarni aniqlasangiz, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi va “Soliq hamkor” tizimi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin.
⚖️ Esda tuting: kontrafaktdan himoyalanish - nafaqat o‘z huquqlaringizni, balki sog‘lig‘ingiz va halol biznesni himoya qilishdir!
✍️ Ma’muriy-huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi y.f.f.d, dotsent v.b. O.Toshev
Boshqa yangiliklar