7.7 Keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilgan press-tadbirlar
7. Criteria for the Early Detection of Corruption Cases
- 7.1 Korrupsiya holatlari haqida majburiy xabar berishi
- 7.2 Korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan alohida aloqa kanallari to‘g‘risidagi maʼlumotlarning eʼlon qilinishi
- 7.3 Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish tizimi joriy etilganligi
- 7.4 Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini belgilovchi hujjatlarni eʼlon qilish darajasi
- 7.5 Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, ularning oldini olish choralarini ko‘rish va natijalari haqida hisobdorlik tizimi yo‘lga qo‘yilganligi
- 7.6 Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki tartib-taomillaridan xabardorligi hamda sohadagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish
- 7.7 Keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilgan press-tadbirlar
- 7.8 Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tayyorlangan targ‘ibot materiallarini (slayd, rolik, maʼruza matnlari, maqola)
- 7.9 Akademiya rasmiy veb-saytda ishga qabul qilish va rotatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar (axborot) e’lon qilinib, bo‘sh ish o‘rinlari uchun nomzodlarni tanlash jarayonlari jonli (onlayn) translyatsiya qilib borilishi
7.7. KENG JAMOATCHILIK VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI ISHTIROKIDA O‘TKAZILGAN PRESS-TADBIRLAR
2026-yil davomida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumot
2026-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi tomonidan keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing, press-tur, matbuot anjumani hamda korrupsiyaga qarshi hamkorlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbirlar davomida Akademiya faoliyatining ochiqligi va shaffofligi, korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish masalalari muhokama qilindi.
|
№ |
Sana |
Press-tadbir |
Ochiq dalillar |
|
1 |
10.04.2026 |
Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘quv jarayoniga bag‘ishlangan brifing |
YouTube videoyozuvi |
|
2 |
04.06.2026 |
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlik memorandumini imzolash tadbiri |
Akademiya sayti, Agentlik sayti, Telegram va fotolar |
|
3 |
25.06.2026 |
50 nafardan ortiq jurnalist va bloger ishtirokidagi press-tur |
Akademiya sayti va Telegram |
|
4 |
30.07.2026 |
“Odil sudlov akademiyasi: innovatsiya, ochiqlik va amaliy natijalar” mavzusidagi matbuot anjumani |
Akademiya sayti va O‘zA |
1. 2026-yil 10-apreldagi brifing
2026-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida 2025/2026-o‘quv yilida kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘quv jarayonining tashkil etilishiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi. Brifingda o‘quv dasturlari, ta’lim yo‘nalishlari, mashg‘ulotlarni tashkil etish tartibi, tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim jarayonida ochiqlik, halollik va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlash masalalari yuzasidan axborot berildi.
Videoyozuv: https://www.youtube.com/watch?v=5f-wPSJ2hMI
2. 2026-yil 4-iyundagi korrupsiyaga qarshi hamkorlik tadbiri
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash tadbiri o‘tkazildi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim dasturlarini joriy etish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Tadbir ikki tashkilot axborot xizmatlari vakillari ishtirokida yoritilib, rasmiy axborot resurslarida keng jamoatchilikka e’lon qilindi.
Akademiya rasmiy sayti: https://sudacademy.uz/posts/yana-bir-muhim-memorandum-imzolandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy sayti: https://anticorruption.uz/uz/article/agentlik-va-odil-sudlov-akademiyasi-ortasidagi-hamkorlik-yanada-kengaytiriladi
Akademiyaning rasmiy Telegram kanali: https://t.me/odilsudlovakademiyasi/5291

Memorandumni imzolash jarayoni

Akademiya va Agentlik vakillarining uchrashuvi

Hamkorlik memorandumi imzolanganidan so‘ng
3. 2026-yil 25-iyundagi press-tur
Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 50 nafardan ortiq OAV vakili ishtirok etdi. Ishtirokchilar Odil sudlov akademiyasidagi o‘quv jarayonlari va dasturlari, sud imitatsiyasi xonasi, sudyalikka nomzodlarni psixologik tayyorlash yo‘nalishlari hamda Axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishtirildi. Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, OAV bilan hamkorlikni rivojlantirish hamda sud-huquq sohasidagi islohotlarni jamoatchilikka yetkazish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Akademiya rasmiy sayti: https://sudacademy.uz/posts/press-tur-doirasidagi-muloqot-shaffoflik-bosh-mezon
Akademiyaning rasmiy Telegram kanali: https://t.me/odilsudlovakademiyasi/5579
4. 2026-yil 30-iyuldagi matbuot anjumani
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Odil sudlov akademiyasi: innovatsiya, ochiqlik va amaliy natijalar” mavzusida matbuot anjumani ochiq muloqot shaklida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF–141-son Farmoni ijrosi, Akademiyaning 2026-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati yakunlari, amaldagi o‘quv dasturlari, magistratura va kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul jarayonlari, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ishlar haqida OAV va keng jamoatchilik vakillariga ma’lumot berildi. Ishtirokchilarning savollariga javob qaytarilib, taklif va mulohazalar almashildi.
Akademiya rasmiy sayti: https://sudacademy.uz/posts/odil-sudlov-akademiyasi-innovatsiya-ochiqlik-va-amaliy-natijalar
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi: https://uza.uz/posts/889050
Ma’lumotlar yangi press-tadbir o‘tkazilganda muntazam yangilanadi.
Mas’ul bo‘linma: Matbuot xizmati. | Sahifa yangilangan sana: 03.08.2026-yil.