Bo'limlar

#

Mirshayeva Kamola

Bosh mutaxassis

Tarkibiy bo'linma: Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boʻlimi

Ilmiy daraja: Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (Phd)

Telefon: (55) 501-01-88

Elektron pochta: k.mirshayeva@sudacademy.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017- yil 22- maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq Sudyalar oliy kengashining 2019- yil 2- avgustdagi SOKQ-1178-III va 2019 - yil 17 - sentyabrdagi SOKQ-1211-III qarorlari bilan 12.00.02 Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq, 12.00.04 - Fuqarolik prosessual huquqi. Iqtisodiy prosessual huquqi. Hakamlik jarayoni va Mediatsiya, 12.00.05 - Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi, 12.00.07 - Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura, 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.09 - Jinoyat prosessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi, 12.00.10 - Xalqaro huquq ixtisosliklari bo‘yicha Odil sudlov akademiyasi ( sobiq Sudyalar oliy maktabi) da oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti tashkil etildi.

12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq hamda 12.00.04 – Fuqarolik prosessual huquqi. Xo‘jalik prosessual huquqi. Hakamlik jarayoni va Mediatsiya ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi PhD.27/2025.27.12.Yu.01.02 raqamli ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va mazkur kengashda 40 nafar tadqiqotchilarning dissertatsiyalari muvoffaqiyatli himoya qilingan. 

12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq hamda 12.00.04 - Fuqarolik prosessual huquqi. Xo‘jalik prosessual huquqi. Hakamlik jarayoni va Mediatsiya ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tashkil etilib, uning tarkibi va dasturlari hamda yetakchi tashkilotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tasdiqlangan bo‘lib, mazkur malakaviy imtihonlarni qabul qilish komissiyasi tomonidan 65 nafardan ortiq tadqiqotchilar imtihondan o‘tkazilib, guvohnomalar taqdim etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 

21-avgustdagi 141-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan 12.00.07-Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura, 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.09 - Jinoyat prosessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli ilmiy kengash tashkil etildi.

12.00.07-Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura, 12.00.08 - Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi, 12.00.09 - Jinoyat prosessi. Kriminalistika. Tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.27/2025.27.12.Yu.01.01 raqamli ilmiy kengash huzurida ilmiy seminar, malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tashkil etilib, uning tarkibi va dasturlari hamda yetakchi tashkilotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tasdiqlangan bo‘lib, hozirda 12 nafar tadqiqotchilar tomonidan imtihon topshirish yuzasidan arizalar kelib tushgan.

Bugungi kunga qadar jami 5 nafar doktorant, 30 nafar tayanch doktorant va 142 nafar mustaqil izlanuvchilar qabul qilingan bo‘lib, shulardan 2 nafar doktorant, 11 nafar tayanch doktorant va 15 nafar mustaqil izlanuvchilar muvofaqiyatli dissertatsiya himoyalarini amalga oshirganlar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017- yil 

22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq Odil sudlov akademiyasida doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar faoliyati faoliyati samaradorligi monitoring o‘tkazish yo‘li bilan o‘rganiladi.

Xususan, 2025-yilning o‘zida o‘rganish natijasiga ko‘ra “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom talablarini bajarmagani uchun 6 nafar tadqiqotchi mustaqil izlanuvchilar safidan chiqarildi hamda 12 nafar tadqiqotchi ogohlantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi professorlari, o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilari tomonidan bugungi kunga qadar 8 ta darslik, 

20 ta o‘quv qo‘llanma, 38 ta amaliy qo‘llanma, 7 ta monografiya va 1000 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi professorlari, o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlarga, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, Oliy sud Plenumi qarorlariga takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilib, yuboriladi.

Xususan, 2025-yilning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8 ta moddasiga, 19 ta qonunga, 7 ta Vazirlar Mahkamasi qaroriga, 7 ta Oliy sud Plenumi qaroriga takliflar ishlab chiqilib, tegishli dalolatnomalar olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida tajribali mutaxassislar, professorlar ishtirokida konferensiya, seminar-trening va davra suhbatlari muntazam tashkil etilib, ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi ta’minlanmoqda.

Biz bilan aloqa

  • Manzil:

    Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho'ponota koʼchasi, 6

  • Qabul kunlari:

    Du-Sha 09:00-18:00

  • Indeks:

    100097