Sudyada nafaqat bilim, balki xolislik, vijdon va mas’uliyat ham bo‘lishi shart

21.08.2026 / 17:36
29
#

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA saytida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori, yuridik fanlar doktori Sherzod Abduqodirov bilan Akademiyada amalga oshirilayotgan islohotlar va sud kadrlarini tayyorlash tizimidagi yangiliklarga bag‘ishlangan suhbat e’lon qilindi.

Suhbatda, “Odil sudlov – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, “Adolat posbonlari” yo‘nalishi doirasida sud tizimi uchun uzluksiz kadrlar tayyorlashning “Pipeline model”ini joriy etish, sudyalikka nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarining kasbiy kompetensiyalar profilini shakllantirish, murakkab toifadagi ishlar bo‘yicha sudyalarni ixtisoslashtirish va sertifikatsiya tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Alumni Association, Forsayt markazi va Endowment Fundni tashkil etish, Akademiyaning xalqaro nufuzini oshirish hamda sud kadrlarini tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga qaratilgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.

Связаться с нами

  • Адрес:

    г. Ташкент, Чиланзарский район, ул. Чупонота, 6

  • Рабочие дни:

    Пн–Сб 09:00–18:00

  • Индекс:

    100097