O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi
✅ Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;
✅ Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;
✅ Maʼmuriy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri;
✅ Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi mudiri;
✅ Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri;
✅ Fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;
✅ Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;
✅ Maʼmuriy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi;
✅ Kasbiy ko‘nikmalar kafedrasi o‘qituvchisi;
✅ Inson huquqlari, xalqaro huquq va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi.
Kafedra mudiri lavozimiga nomzod:
– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
– oliy yuridik maʼlumot (magistr darajasi)ga hamda yuridik ixtisosligi bo‘yicha kamida o‘n ikki yil (qoida tariqasida, sudyalik lavozimida kamida besh yil) ish stajiga ega bo‘lishi;
– falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek qoida tariqasida, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
– rus va/yoki ingliz tilini bilishi;
– AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Kafedra o‘qituvchisi lavozimiga nomzod:
– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
– oliy yuridik maʼlumot (magistr darajasi)ga hamda yuridik ixtisosligi bo‘yicha, kamida yetti yil (qoida tariqasida, kamida besh yil sudyalik lavozimida) ish stajiga ega bo‘lishi;
– qoida tariqasida, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga, shuningdek professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
– AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
– pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, yuridik yo‘nalishdagi oliy taʼlim muassasalarida o‘qituvchi hamda sudya bo‘lib ishlagan, xorijiy (rus, ingliz, nemis, fransuz) tillarini biladigan nomzodlar ustunlikka ega bo‘ladi.
Talabgorlar tanlov asosida qabul qilinadi.
Tanlov ikki bosqichdan: test sinovlari va ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazishdan iborat. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslar ikkinchi bosqich – ochiq dars mashg‘ulotlari o‘tkazishda qatnashadilar.
🎓 Ochiq dars mashg‘uloti maʼruza shaklida Power Point Presentation/slaydlar yordamida o‘tkazilishi lozim.
Eslatma: maʼruza (ochiq dars mashg‘uloti) mavzulari kafedralar predmetlari bo‘yicha o‘quv dasturlari talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
🎓 Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar Odil sudlov akademiyasining sudacademy@umail.uz, info@sudacademy.uz elektron pochtalariga yoki Odil sudlov akademiyasiga (100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy) quyidagi hujjatlarni yuborishlari so‘raladi:
✅ ariza (qaysi lavozimga talabgor ekanligi, yashash manzili va telefon raqamini ko‘rsatgan holda);
✅ maʼlumotnoma (obyektivka).
🏆 Arizalar 2026-yil 29-iyun soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun Tel.: (55) 501-01-93.
Boshqa yangiliklar
-
В АКАДЕМИИ ПРАВОСУДИЯ СОСТОЯЛАСЬ ВСТРЕЧА С КООРДИНАТОРОМ ПРОЕКТОВ ОБСЕ
-
Istanbulda xalqaro mediatsiya bo‘yicha o'quv kursi o‘tkazildi
-
Повышен профессиональный потенциал в сфере информационных технологий
-
К УЧЕБНОМУ ПРОЦЕССУ ПРИВЛЕЧЁН ПОЛЬСКИЙ ЭКСПЕРТ
-
Указ Президента — важный шаг на пути укрепления открытости, добропорядочности и противодействия коррупции в судебной системе.